Ishonch raqami: 0(374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

JANUBIY KOREYA ELCHIXONASI QOSHIDAGI KOREYA XALQARO XAMKORLIK AGENTLIGI (KOICA) DELEGATSIYASINING ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTIGA TASHRIFI

Andijon mashinasozlik institutiga 2018 yil 12 aprel kuni soat 14:00 da Janubiy Koreya Elchixonasi qoshidagi Koreya xalqaro xamkorlik agentligi (KOICA) volontyorlar dasturi menejeri Janubiy Koreya fuqarosi Kim Xyon Jong va O’zbekiston Respublikasi fuqarosi Anvar Shomirzaevlardan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.

Tashrifdan ko’zlangan asosiy maqsad – Andijon mashinasozlik instituti bilan yaqindan tanishish hamda 2016 yil 29 oktyabrdan  boshlab  institutda ko’ngilli (volontyor) sifatida faoliyat olib borayotgan Janubiy Koreya fuqarosi Choleon Von faoliyati yuzasidan dasturlar va sharoitlarni o’rganishdan iborat.

Tashrif davomida KOICA delegatsiyasi bilan olib borilgan muzokaralarda Andijon mashinasozlik institutining Xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i Z.B.Jo’raev va Axborot texnologiyalar bo’limi  boshlig’i G’.Parpiyevlar ishtirok etdilar.  

   Tashrif davomida erishilgan natijalar:

1.O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi xamda

2.Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi bilan o’rnatilgan tartibda amalga oshirilayotgan Janubiy Koreya Elchixonasi qoshidagi Koreya xalqaro xamkorlik agentligi (KOICA) volontyorlar dasturini Andijon mashinasozlik institutida kengaytirish maqsadida Axborot texnologiyalari bo’yicha ko’ngilli (volontyor) Janubiy Koreya fuqarosi Choleon Vonning institutdagi faoliyatini yana 1 yil muddatga uzaytirilishi bo’yicha  kelishuvga erishildi.

3.Andijon mashinasozlik institutiga Janubiy Koreyadan axborot texnologiyalaridan tashqari oliy ta’limning boshqa yo’nalishlari bo’yicha ko’ngillilar taklif etish bo’yicha o’rnatilgan tartibda talabnomalarni rasmiylashtirish va ularni institutga jalb etish bo’yicha qo’shimcha kelishuvlarga erishildi.

4.Koreya xalqaro xamkorlik agentligi (KOICA) bilan ko’ngillilar dasturidan tashqari grant loyihalari dasturini amalga oshirishga oid ikki tomonlama kelishuvga erishildi.