MYAMT kafedrasi o’qituvchilari belgilangan kunlarda ushbu guruh talabalarining Asaka “Uz – Saemyung CO” qo’shma korxonasi “Shassi yig’uv” tsexi va ” Uz-DONG WON CO” qo’shma korxonasiga olib bordilar.
№ | Belgilangan kun | Guruh | Masul shaxs | qo’shimcha |
1 | 9 aprel – 2018 yil | “MYAMT” 180-181-15 guruh | Ataxonova Sayyora | B.Tojiboyev
A.Axmedov
|
2 | 9 aprel – 2018 yil | “ TMJ” 199-16 guruh | Ataxonova Sayyora | B.Tojiboyev
B.Rayimjonov |
3 | 9 aprel – 2018 yil | “EUTT” 200-201-16 guruh | Mamataliyeva Zulfiyaxon | A.Axmedov |
4 | 10 aprel – 2018 yil | “MTMICHJA” 191-192-16 guruh | Ataxonova Sayyora | A.Zuxriddinov
B.Abdullaev |
5 | 11 aprel – 2018 yil | “EUTT” 202-203-16 guruh | Mamataliyeva Zulfiyaxon | U.Mo’minov |
6 | 13 aprel – 2018 yil | “MTMICHJA”189-190-16 guruh | To’ychiyev Abdumalik | M.Azimov |
7 | 13 aprel – 2018 yil | “EUTT” 204-16 guruh | Ataxonova Sayyora | A.Yuldashev |
Talabalar ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar. Damas, NEXIA, Matiz avtomobillarini shassisini yig’ish jarayonlarini kuzatdilar. Korxonada texnologik jarayonni ko’rish bilan, nazariy olgan bilimlarini amaliy mustahkamlashni texnologik jarayonlarni tizimli ravishda amalga oshishini kuzatdilar. Talabalar avtomobil detallaridan lonjiron, amartizator kabi detallar bilan tanishdilar. Payvandlashning elektrokontakt usulida nuqtali payvandlash usuli bilan tanishdilar. Shtampovka, kesib ishlash, payvandlash kabi texnologik jarayonlarni, avtomobillarni glushitel detalini tayyorlanish usullarini amalda kuzatdilar.
Talabalar ko’tarinki ruh bilan qaytdilar. Shu korxonada amaliyot o’tab, shu yerda mexnat faoliyatini o’tashga ishtiyoq uyg’ondi.