Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Dastlab, Avtomatika va elektrotexnologiya fakultetida “Xorijiy tillar” kafedrasi assistenti Saodat Erkaboyeva 1-juftlikda Elektrotexnika, elektromexanika, elektrotexnologiyalar yo`nalishi 2-kurs 215-guruhda ingliz tili fanidan “INSTRUCTION” mavzusida ochiq dars o’tdi. Dars davomida talabalar texnik maxsulotlarining instruksiyalaridan qanday qilib foydalanish yo`llarini o`rgandilar. Talabalar kichik guruhlarga bo`lingan holda turli xil maxsulot va xizmatlarning yo`riqnomalari haqida qiziqarli ma’lumotlar bilan o’rtoqlashdilar va barcha ma’lumotlarga o’z munosabatlarini bildirdilar. O`qituvchi Soadat Erkaboyeva o`z darsida xozirgi kundagi ilg`or pedagogik texnologiyalardan foydalanishda ishlatiladigan terminalogiyalarni talabalarga yetkazdi.

     

Keyinroq, Avtomatika va elektrotexnologiya fakultetida “Xorijiy tillar” kafedrasi assistenti Elvira Muratova 2-juftlikda Texnologik jarayonlar va texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishni boshqarish yo`nalishi 2-kurs 221-guruhda ingliz tili fanidan “Electrical circuit” mavzusida ochiq dars tashkil etildi. Dars davomida o`qituvchi talabalarga Fizika fani bo`yicha elektr zanjirlari va elektr tokining manbalari terminlarini tanishtirdi. Natijada talabalar taqdimotda ko`rsatilgan elektr zanjirlarini ingliz tilida aytib berdilar. O`qituvchi Elvira Muratova o`z darsida Fizika fanining Om qonuni, 18-asrdagi fizik olimlar, elektr zanjirining seriali va parallel turlari haqidagi taqdimoti orqali terminalogiyalarni talabalarga tushuntirdi va o`rgatdi.

000a68b2-671836b3