Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev imzolagan farmonga asosan xotin-qizlarni Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash tizimi yanada takomillashtirilmoqda. Bu haqda tegishli farmon matniga asosan Kun.uz muxbiri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, endilikda mazkur davlat mukofoti Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri vakilalariga ikkitadan har yili Xalqaro xotin-qizlar bayrami arafasida ta’lim, fan adabiyot, madaniyat, san’at, sport va jamoatchilik faoliyatida alohida yutuqlarga erishgan o’n to’rt yoshga to’lgan va o’ttiz yoshdan oshmagan iqtidorli qizlarga berilishi e’tirof etildi.

SHuningdek, umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti laureatlari bo’lgan o’quvchilari oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga, bakalavriat talabalari esa oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga tegishli yo’nalish va ixtisoslik bo’yicha kirish sinovlarisiz davlat grantlari asosida qabul qilinadigan bo’ldi.

«Huquqiy axborot» messenjer kanalida yozilishicha, mukofot ilgari har bir hudud vakilasiga bittadan berilar edi. SHu bilan birga, mukofot adabiyot, madaniyat, san’at, fan, ta’lim sohalaridagi hamda jamoatchilik faoliyatidagi alohida yutuqlari uchun 14 yoshdan 22 yoshgacha bo’lgan iqtidorli qizlarga berilardi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5389-son Farmonini institutda faoliyat olib borayotgan barcha professor-o’qituvchilar, xodimlar va talaba yoshlarga institutning katta majlislar zalida Ma’naviyat bo’limi, Boshlang’ich Xotin-qizlar qo’mitasi tomonidan Farmonga kiritilgan o’zgarishlar, Farmonning moxiyati va axamiyati haqidagi ma’lumotlar to’la yetkazildi. Iqtidorli yoshlar Prezidentimizning ushbu Farmonini ko’tarinki rux bilan qarshi oldilar.