Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

2018 yil 05 aprel kuni institutning katta anjumanlar zalida institut faollari yig’ilishi o’tkazildi.

Ushbu yig’ilishni O’quv ishlari bo’yicha prorektor Q.Ermatov olib bordi. Prorektor Q.Ermatov o’z so’zida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3151-sonli qaroridan kelib chiqib  “GM Uzbekistan” AJ korxonasida  institut professor-o’qituvchilari tomonidan o’tkaziladigan seminarlar rejasi bilan fakultet dekanlari kafedra mudirlarini tanishtirdi hamda reja asosida professor-o’qituvchilarni ta’minlash bo’yicha topshiriqlar berdi.

Notiq 2017/2018 o’quv yili uchun ishlab chiqilgan o’quv jarayoni jadvaliga muvofiq bu hafta oraliq nazorat haftasi ekanligini, barcha professor-o’qituvchilar talabalarni oraliq baholab, institut ilmiy kengashining 2018 yil 07 martdagi 5-sonli qarori bo’yicha, o’tkazgan nazoratdan so’ng qaydnomani pdf qilib, skanerlab “Moodle” tizimga joylashtirish ishlarini amalga oshirish lozimligini uqtirdi hamda natijalarni talabalar ham modul tizimi orqali bilishlari mumkinligi aytib o’tildi.

Institut ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi xodimi i.f.d. U. Madrahimov tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining 2018 yil 11 fevraldagi №08-304-sonli topshirig’i ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlikning  2018 yil 14 fevraldagi №87-02-234 sonli xatiga binoan oktyabr oyida Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi tomonidan institutda ta’lim sifatini ta’minlash bo’yicha olib borilayotgan ishlar o’rganilishi munosabati bilan taqdim etiladigan 13 ta jild hujjatlar va 18 ta jadvallar tuplami hamda 2-3-4 blok fanlaridan 200 tadan test savollari bazasini bir oy ichida tayyorlash topshirig’i berildi. 

Bundan tashqari, O’zbekiston Respublikasi  Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini    nazorat qilish davlat inspektsiyasining 2018 yil 7 martdagi №9-sonli hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining  №22/QQ-sonli qo’shma qarori  asosida “Oliy ta’lim muassasalari reytingini aniqlash tartibi to’g’risidagi nizom”  tasdiqlanganligi xususida to’xtalib o’tdi.

O’quv-uslubiy bo’lim boshlig’i v.v.b. A.Axmedov tomonidan Vazirlikning 2018 yil 26 martdagi 266-sonli buyrug’i asosida  pedagoglar “Oliy ta’lim muassasasining eng yahshi pedagogi” tanlovida faol qatnashib, hujjat topshirishlari, Vazirlikning 2018 yil 29 martdagi №87-02-788 sonli xati asosida  “Oliy ta’lim tizimi uchun yangi avlod o’quv adabiyotlarini yaratish va nashr etish to’g’risida ESLATMA”ga rioya etishlari,  Vazirlikning 2018 yil 2 apreldagi №87-03-1185 sonli xati asosida  masofaviy qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tinglovchilari jadval asosida 2018 yil 5 aprel kunidan boshlab onlayn ma’ruzalarda qatnashishlari, Rektorning 2017 yil   03 noyabrdagi 615-sonli buyrug’i  asosida keyingi haftadan “Texnologik mashinalar va jihozlar” hamda “Mashinasozlik texnologiyasi” kafedralari pedagoglarining dars tahlillari amalga oshirilishi uqtirildi.

Axborot resurs markazi direktori R.Mamatov tomonidan 2017  yil davomida kitob fondini boyitib borish maqsadida Axborot resurs markazi 144 nomda 1422 nusxa  27400084 so’mlik yangi o’quv adabiyotlari sotib olganligi hamda http://ibs.natlib.uz veb havola orqali 285 ta xorijiy tildagi o’quv va ilmiy adabiyotlar hamda 10 ta elektron resurslar yuklab olinganligi  va 500 dan ortiq xorijiy tildagi adabiyotlarning ro’yxati ishlab chiqilganligi ma’lumot va ijro uchun qabul qilinib, fakultet dekanlari va kafedra mudirlaridan  ushbu adabiyotlar bo’yicha professor-o’qituvchilar, xodimlar va talabalar faol foydalanishlarini tashkil qilishi so’raldi.

Ilmiy Kengash kotibi R.Raximov tomonidan 2018 yil 07 martda “Andijonnoma” gazetasining №19(19520) sonida  e’lon qilingan bo’sh o’rinlar tanlovida professor-o’qituvchilar faol qatnashishlari so’ralib, ikki kundan keyin muddat tugashi eslatib o’tildi.

Yig’ilishda barcha fakultet dekanlari, kafedra mudirlari va bo’lim boshliqlari qatnashdilar.