Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

3 mart kuni navbatdagi davra suhbati talaba qizlar istiqomat qiluvchi yotoqxonada o`tkazildi.  Davra suhbatida institut Xotin-qizlar qo`mitasi raisi R.Yusupova, Olima ayollar uyushmasi raisi M.Umarovalar qatnashdilar. Davra suhbatida talaba yoshlarga kiyinish madaniyati, nutq madaniyati, muomala madaniyati, shuningdek yoshlar orasida yuz berayotgan salbiy voqealarni oldini olish borasida suhbat olib borildi.

R.Yusupova “Mening oliy o’quv yurtim” nomli foto tanlov e’lon qilinganligini ma’lum qildi.Tanlovdan maqsad talabalarni MOODLE tizimiga jalb qilish va talaba xos kiyinish madaniyatiga  amal qilishini tartibli ravishda amalga oshirishdir.Talabalar orasidan eng chiroyli talaba formasidagi yoshlar ichida bellashuv boladi, g’oliblar institut rektorining “TASHAKKURNOMA”si bilan taqdirlanishini ma’lum qildi.

     Tanlovning 2-faslida hurmatli Prezidentimiz tomonidan 2018 yil “Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan yoshlar yani talabalar o’rtasida tanlov davom etadi. Bu bosqichning g’oliblari esa institut rektorining qimmatbaho sovg’alari yani qo’shimcha stipendiya va institutda faoliyat ko’rsatayotgan “Avtoshkola”da oqishda chegirmalarga ega bo’lishligi haqidagi habarni yetkazdi.G’oyalar haqidagi takliflar bo’yicha talabalar M.Umarova va N.Ikromovlarga uchrashishlari mumkinligi haqida aytib o’tildi.

Davra suhbati so’nggida “Qizlarjon” to’garagi a’zolari bo’lgan iqtidorli qizlar bilan suhbatlashib ishlanmalarini to’garak burchagini tashkil qilib qo’yishlarini so’raldi. Talaba qizlarni qiziqtirgan savollariga yetarlicha javoblar berildi. Yuqorida tashkil etilgan Fototanlovning joriy etilishi haqidagi xabar talaba qizlarni juda quvontirdi.

Yosh qizlarni oilaga tayyorlash borasida o’tkazilgan “Kim chaqqon” ko’k chuchvara tugish musobaqasi g’oliblarini institut BXQQ raisi taqdirladi. Musobaqani tashkil qilgan “ MPP” kafedrasining mudiri H.Haydarova va “Mashinasozlik tgexnologiyasi” fakulteti XQQ yetakchisi M.Hojimuhammedovalarga institut jamoasining tabrigi yetkazildi.