Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Andijon mashinasozlik institut “Ma’naviyat” bo’limi, “Boshlang’ich Xotin-qizlar qo’mitasi”, “O’zbekiston Yoshlar ittifoqi” institut yetakchisi va g’oya muallifi A.Baymirzayev, institut miqyosida “Mening oliy o’quv yurtim” mavzusidagi FOTO TANLOV e’lon qiladi.

Tanlov nominatsiyalari:

  • Eng na’munali ustoz
  • Eng na’munali talaba yigit
  • Eng na’munali talaba qiz
  • Eng yaxshi sportchi
  • Eng yaxshi targ’ibotchi
  • Eng faol tashkilotchi
  • Eng yaxshi guruh sardori

Tanlov shartlari:

  • Foto sur’atlar oliy ta’limning kiyinish madaniyatiga xos bo’lishi kerak.
  • Qatnashchilar sur’atga faqatgina institut hududida tushishlari shart.
  • Ishtirokchilar tanlovda faqat 1 ta foto sur’at bilan ishtirok etishlari kerak.
  • Foto sur’atlar montaj qilinishi mumkin.
  • Foto su’ratlar joriy yilning 21-aprelga qadar qabul qilinadi.

Tanlov bosqichlari – 3 bosqichdan iborat.

1-bosqich: Foto sur’atlarni qabul qilish (muddat 9-21 aprel kunlari)

2-bosqich: Foto sur’atlar saralanib “moodle” tizimiga joylashtiriladi muddat 23-28 aprel kunlari)

3-bosqich: Tanlov ishtirokchilarining ichidan g’oliblar aniqlanadi va institut rektorining mukofoti bilan taqdirlanadi (muddat 30.04-05.05 kunlari)

Siz sur’atlaringizni quyidagi manzillarga yuborishngiz mumkin:

-Telegram orqali +998 99 905 68 98 raqamiga va @andmitanlov manziliga

Oldinda sizlarni tanlovning keying fasli qarshi oladi!

G’oliblarni g’aroyib sovg’alar va stipendiyalar kutmoqda.