Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

“O’zikkilamchiranglimetall” AJ, Yoshlar Ittifoqi Toshkent shahar kengashi, Artel kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan ko’rgazma tumandagi “YOSHLAR SPORT CITY” sport majmuasining ochilishi marosimi bilan hamohang tarzda o’tdi.

Mahalliy aholining sport bilan shug’ullanishi uchun sharoit yaratish maqsadida “O’zikkilamchiranglimetall” AJ tomonidan qurib bitkazilgan mazkur majmuada 100 ga yaqin mamlakatimiz yoshlari o’zlarining innovatsion g’oyalari bilan ishtirok etishdi.

Ko’rgazma korxonalar, ilmiy tashkilotlar va oliy ta`lim muassasalari o’rtasida o’zaro manfaatli munosabatlarni o’rnatish, yoshlarning yangi ilmiy va amaliy ishlanmalarni namoyish etish uchun ajoyib imkoniyat bo’ldi. Tadbirni o’tkazishdan asosiy maqsad yoshlarning ilmiy tadqiqot va innovatsion faoliyatini rivojlantirish, innovatsion texnologiyalarga qiziqishi baland bo’lgan yoshlarni kashf etish va ularning yangi, raqobatbardosh innovatsion g’oyalarini hayotga tadbiq etishga safarbar etishdan iborat bo’ldi.

Andijon mashinasozlik institutidan bir guruh ustozlar iqtidorli talabalari bilan birgalikda ushbu ko’rgazmada ishtirok etdilar.

Ko’rgazma yakunida ishtirokchilarning barchalariga tashakkurnomalar, eng yaxshi innovatsion g’oya mualliflariga esa homiylarning qimmatbaho sovg’alari topshirildi.