Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

       2018 yil 2 aprel kuni institutning katta anjumanlar zalida Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 27 martdagi 87-02-747-sonli modemnomasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “Mehnat sohasidagi asosiy printsiplar va normalarga rioya etish masalalari” mavzusida seminar o’tkazildi.

      Seminarni institutning “Ma’naviyat va ma’rifat” bo’limi boshlig’i M.Xaliqova kirish so’zi bilan ochdi va tadbirga tashrif buyurgan ishtirokchilar bilan tanishtirdi hamda so’zni institut Xodimlar bo’limi boshlig’i Q.Mirzaevga berdi.

       Q.Mirzaev o’z so’zida, mustaqillik yillarida xalqaro huquq printsiplari va normalariga muvofiq yaratilgan normativ-huquqiy baza fuqarolarning mehnat huquqlarini himoya qilish kafolatlarini mustahkamlashga ko’maklashganligi xususida gapirdi. 

       Milliy qonun hujjatlarimizda bolalarni mehnatga jalb qilish va majburiy mehnatdan foydalanish, jumladan biron-bir jazoni qo’llash bilan tahdid qilish orqali, shu jumladan mehnat intizomini saqlash vositasi tariqasida ish bajarishga majburlash uchun qat’iy ta’qiq nazarda tutilganligi, mehnat qilishga biror-bir shaklda majburlaganlik uchun ma’muriy javobgarlik joriy etilganligi hamda O’zbekiston Respublikasi o’zi qabul qilgan xalqaro majburiyatlarga so’zsiz rioya etgani holda hamda bolalar mehnati va majburiy mehnat singari hollarga yo’l qo’ymaslikda sobitqadamligini tasdiqlab, bu sohada amaliy xalqaro hamkorlik uchun ochiqligi to’g’risida ma’lumotlar berdi.

      Yig’ilishda Andijon shahar IIB huquqbuzarlik profilaktikasi bo’limi tayanch punkti profilaktika inspektori, katta leytenant F.Yuldashev so’z olib, O’zbekiston Respublikasi Hukumati bilan XMT o’rtasida izchil muloqot olib borilayotganligi tegishli tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlarni takomillash-tirishga ko’maklashmoqda. XMT bilan hamkorlikda 2017-2020 yillarda O’zbekistonda munosib mehnat bo’yicha Mamlakat dasturi uzviy ro’yobga chiqarilmoqda. Xalqaro mehnat standartlarini milliy qonun hujjatlarimizga hamda huquqni qo’llash amaliyotiga implementatsiya qilish bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. 

       Shu bilan birga, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga qaramay, ularning yaxlit va tizimli bo’lishini ta’minlash borasidagi ishlar yetarli emasligi, fuqarolarning ayniqsa, yoshlarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta’minlash borasida mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko’lamli ishlar to’g’risidagi o’z fikr-mulohazalarini bildirib o’tdi.

Fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta’minlash bo’yicha O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarini va xalqaro shartnomalarini to’liq ro’yobga chiqarish, biror-bir shaklda bolalar mehnati va majburiy mehnatni keltirib chiqaradigan holatlarning oldini olish va ularga yo’l qo’ymaslikka doir chora-tadbirlarni yoshlar orasida targ’ib qilish, ularni mehnat qonunchiligi asosida faoliyat olib borishlari davlat tomonidan kafolatlanganligi to’g’risida so’z yuritdi.

       Shuningdek, 2017-2018 o’quv yili yakunlanayotganligi munosabati bilan talabalar, guruh sardorlari, guruh yetakchilari orasida korruptsiyaga oid turli nohush holatlarni oldini olish, talabalarni darslarga muntazam qatnashishlarini samarali yo’lga qo’yishda fakultet dekanlari, dekani muovinlarini hamda guruh murabbiylarining mas’uliyatini yanada oshirish kerakligi xususida to’htalib o’tdi.

       Yig’ilish davomida talabalar tomonidan berilgan “Xususiy tadbirkorlik va kichik biznes bilan shug’ullanayotgan talabalarga yaratilayotgan imkoniyatlar qanday?”, “Talabalarni sog’ligini tiklash maqsadida chet elda davolanib kelishlari mumkinmi?” hamda “Talabalarning darslardan tashqari vaqtlarda mehant shartnomasiga asosan ishlashlari mumkinmi?” kabi savollariga javoblar olodilar.

       Institutda o’tkazilgan “Mehnat sohasidagi asosiy printsiplar va normalarga rioya etish masalalari” mavzusidagi seminarda jami 210 nafar talabalar va 14 nafar professor-o’qituvchilar ishtirok etdilar.