Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

       O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 31 yanvardagi 87-03-508-sonli xatiga asosan 2018 yil 28 mart kuni Toshkent shahrida o’tkazilgan “O’zikkilamchiranglimetall” AJ tomonidan “Inovatsion g’oyalar va texnologiyalarni-quvvatlash yarmarkasi” mavzusida yarmarka tashkil etildi.

      Yarmarkada institutning “MYAMT” kafedrasi dotsenti L.Olimov rahbarligida 4 nafar professor-o’qituvchi va institutning 8 nafar iqtidorli talabalari ishtirok etib qaytdilar.

      O’tkazilgan yarmarkada institut professor-o’qituvchilari va talabalari 10 ta ishlanma bilan ishtirok etdilar hamda faol ishtiroki uchun O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi va “O’zikkilamchiranglimetall” AJ tomonidan Tashakkurnoma, barcha ishtirokchilar Sertifikat bilan taqdirlandilar.

      Yarmarka yakuniga ko’ra “EEE” yo’nalishi 2-kurs talabasi E.E. Yusupovning Energiya resurs tejamkor biofizik tutqich” loyihasi (ilmiy rahbar, f-m.f.d. L.O.Olimov) “Eng zamonaviy inovatsiyaon g’oya” nominatsiyasi g’olibi deb topildi.