Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

“HAMKORBANK” ATB Boshqaruvi Front ofis XVA yetakchi menedjeri A.M.Mavlyanov, Amaliyot boshqarmasi chakana xizmat ko’rsatish bo’limi boshlig’i D.Shokirov, Bosh bank chakana xizmat sotish boshqarmasi boshlig’i S.Xasanov va X.Madraximovlar bilan 2018 yil 30 mart kuni institut pedagoglari va bitiruvchi talabalar bilan uchrashuvi o’tkazildi. Uchrashuvni o’quv ishlari bo’yicha prorektor Q.M.Ermatov ochib berdi.

 Uchrashuvda “HAMKORBANK” ATBning Amaliyot boshqarmasi chakana xizmat ko’rsatish bo’limi boshlig’i D.Shokirov O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 23 martdagi “Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-3620-son qarori ijrosini ta’minlash hamda Vazirliklar, davlat qo’mitalari, idoralar, xo’jalik birlashmalari, ularning tarkibiy va hududiy bo’linmalarida hujjatlar bilan ishlashni tashkil etish hamda jismoniy shaxslar uchun Bank xizmatlari bo’yicha institut pedagog xodimlari va talabalarga yetarlicha ma’lumotlar berdi.

Bosh bank chakana xizmat sotish boshqarmasi boshlig’i S.Xasanov ish joyidan yoki uydan chiqmasdan to’lovlarni amalga oshirishning xozirgi kunda yangi  va qulay Mobile Banking xizmatining afzalliklari hamda undan foydalanish yo’riqnomasi bo’yicha o’zining tavsiyalarini berib o’tdi.

Front ofis XVA yetakchi menedjeri A.M.Mavlyanov instituting bitiruvchi kurs talabalari o’rtasida kelgusida ishga jalb etish maqsadida bank filiallarida amaliyot o’tash uchun tanlov o’tkazilishi va ushbu tanlovda qatnashib o’tgan talabalarga bank faoliyatiga oid mavzularda bitiruv malakaviy ishi berilishiga va bitiruv amaliyotini “HAMKORBANK” ATB filiallarida o’tashlari mumkinligi xususida to’xtalib o’tdi. Talabalar ro’yxati ilova qilinadi.

Uchrashuvda professor-o’qituvchilar va talabalar o’zlarining qiziqtirgan savollari bilan faol qatnashdilar.