Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim tizimi uchun xorijiy o’quv va ilmiy adabiyotlarni xarid qilish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2016 yil 24 maydagi 174-sonli qarori hamda 2017 yil 28 martdagi 330-sonli farmoyishiga muvofiq bakalavriatning 2-kurs fanlariga oid xorijiy o’quv va ilmiy adabiyotlar markazlashgan tartibda xarid qilinib, Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston milliy kutubxonasiga joylashtirildi.  Bu borada Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston milliy kutubxonasiga murojaat qilish (tel 232-83-95) hamda Milliy kutubxona tomonidan ko’rsatilgan veb-havola ya’ni http://ibs.natlib.uz orqali mazkur adabiyotlarni yuklab olish maqsadga muvofiqligi Vazirlikning 12.02.2018 yildagi 87-03-665-sonli xatida  ko’rsatib o’tilgan edi. Mazkur topshiriqdan kelib chiqib institut Axborot resurs markazi mazkur veb havola orqali 500dan ortiq xorijiy tildagi o’quv va ilmiy adabiyotlarning ro’yxatini ishlab chiqdi va 285 ta adabiyotlar hamda 10 ta elektron resurslar yuklab olindi.  Hurmatli fakultet dekanlari va kafedra mudirlaridan  ushbu adabiyotlar bo’yicha professor-o’qituvchilar, xodimlar va talabalar faol foydalanishlarini tashkil qilishingiz so’raladi.

 Adabiyotlar ro’yxati ilova qilinadi.