Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Ona vatanimiz bo’ylab bahor nafasi sezilmoqda! Respublikamiz miqiyosida  umumxalq xashar deb e’lon qilinganligi “Talabalar Ilmiy Uyushmasi” a’zolarini ham ushbu xasharda faol qatnashishlariga yana bir sabab bo’lib xizmat qildi. Yangilanish yasharish va uyg’onish fasli bo’lgan bahorning ilk kunlarida bunday umuxalq xasharlar Ona Vatanimizda keying yillarda odat tusiga aylanib bormoqda. Navro’z ayyomini nishonlashdan oldin tashkillashtirilgan ushbu umuxalq xasharda “Talabalar Ilmiy Uyushmasi” ham faol qatnashib  “Zahiriddin Muhammad Bobur” nomidagi istirohat bog’ini obodonlashtirishga o’z xissalarini qo’shishga muvofaq bo’ldilar. Jumladan yangi mevali daraxtlar o’tqazildi, hazonlar yig’ishtirilib, har xil turdagi gullar ekilib chiqildi.