Andijon Mashinasozlik instituti Mashinasozlik fakulteti binosining yotoqxonasida joylashgan “Texnologiyalar”markazida 2018-yil 28- mart kuni “Debater Union” klubining uchunchi uchrashuvi bo’lib o’tdi. Uchrashuvni “Xorijiy tillar” kafedrasi mudiri N. Mirzayeva ochib berdi. Bu bosqichda iqtidorli talabalardan tashkil topgan ikkita jamoa o’rtasida “Karl Popper” shaklidagi debat o’tkazildi. Ushbu bosqichda ikki guruh bo’lib har bir guruhda to’rt nafar talabalar bellashdilar.
Debat so’ngida ishtirokchilar xakamlar Umida Nizamova, Gulnoza Madraximova hamda 4-kurs talabasi Yusupov Saidabrorlar tomonidan baholandilar. Debate bahs-munozaraga boy boldi, undagi barcha ishtirokchilar kafedra sovg’asi bilan taqdirlandilar.