Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Yangilanish yosharish fasli bahorning ajib bayramlaridan biri bo’lmish Navro’z xalq bayrami munosabati bilan Andijon viloyati hokimligi va O’zbekiston yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan 2018 yilning 20-martida talaba va o’quvchilr uchun marafon o’tkazildi. Marafonda viloyat umumta’lim maktablari va kasb-hunar kollеjlari o’quvchilari hamda viloyatdagi to’rtta oliy ta’lim muassasalari talabalari ham ishtirok etdilar. Marafon qizgin tortishuvlarga boy bo’ldi. Marafon so’ngida g’oliblar Andijon viloyati hokimligi, O’zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan faxriy yorliq, diplomlar va  estalik sovgalari bilan taqdirlandilar.