Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining  PF – 4732 farmoni va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 20 avgustdagi 242-son «Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarori ijrosini institutda ta’minlash maqsadida  2018 yilning 16 fevral kuni Andijon mashinasozlik institutida o’quv ishlari bo’yicha prorektor Q.M.Ermatov hamda o’quv – uslubiy bo’lim tomonidan mintaqaviy va tarmoq markazlariga may-iyun oylarida qayta tayyorlash va malaka oshirishga boradigan pedagoglarga seminar tashkil etildi. Seminarda so’ngi yillarda oliy ta’lim tizimiga oid chiqarilgan me’yoriy-huquqiy hujjatlar hamda professor – o’qituvchilarning elektron portfoliosi bo’yicha batafsil tushuntirishlar berildi. Seminarda “Er usti transport tizimlari” kafedrasi katta o’qituvchisi U.Xolmatov, “Avtomobilsozlik”  kafedrasi katta o’qituvchisi I. Saydaliyevlar seminar tinglovchilariga qayta tayyorlash va malaka oshirishga borishidan oldin profesor-o’qituvchilar nimalarga e’tibor berishi, qaysi hujjatlarni tayyorlab borishi to’g’risida to’liq ma’lumot berdilar.