Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

2018 yil 23 mart kuni institutning kichik anjumanlar zalida navbatdagi o’quv-uslubiy kengash o’tkazildi.

Ushbu o’quv-uslubiy kengashni O’quv ishlari bo’yicha prorektor Q.Ermatov olib bordi. Kengashda Vazirlik buyruqlari, modemlari, Hay’at qarorlarining bajarilishi, 2017/2018 o’quv yilining kuzgi semestr yakunlari,  Fakultet va kafedralarda YADA sinovlariga va talabalarning  malakaviy amaliyotlariga tayyorgarlik ishlarini borishi kabi masalalar ko’rildi.

SHuningdek Kengashda «Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti» kafedrasi mudiri v.v.b. M.Sattarov kafedrada ishlab chiqarish korxonalarida “5+1” modeli asosida o’quv—amaliy mashg’ulotlarni   tashkil qilish tajribasi bilan so’zga chiqdi. Kengash barcha yo’nalish kafedralari mazkur kafedra tajribasi asosida o’z faoliyatini tashkil etish zarurligini bildirdi.

Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi boshlig’i M.YUsupova institut rektorining 2017 yil 3 noyabrdagi 615-sonli buyrug’iga  asosan 2017-2018 o’quv yilida ta’lim va o’quv jarayoni sifatini ta’minlash maqsadida institutda 2017 yil 6 noyabrdan boshlab ishchi guruh tomonidan professor-o’qituvchilarning darslari tahlillari har tomonlama o’rganilayotganligi uqtirildi.

Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 10 fevraldagi 20-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to’g’risida nizom” talabalaridan kelib chiqib kelgusi tanlovlarda  barcha professor-o’qituvchilar fol qatnashishi lozimligi to’g’risida O’quv-uslubiy bo’lim boshlig’i v.v.b. A.Axmedov o’z so’zida to’xtalib o’tdi.

Yig’ilishda barcha fakultet dekanlari, kafedra mudirlari va bo’lim boshliqlari qatnashdilar.