Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Texnologiyalar markazida “Horijiy tillar” kafedrasi assistenti Z.Abduraxmonova tomonidan 1- juftlikda 273-274 elita guruhlarida ingliz tili fanidan “Language and communication” mavzusida ochiq dars mashg’uloti o’tdi. Ushbu ochiq darsda Ta`lim sifatini nazorat qilish bo’limi boshlig’i M.B.Yusupova va “Horijiy tillar” kafedrasi mudiri N.S.Mirzayevalar qatnashdilar. Dars davomida talabalar til va muloqot turlari mavzusiga doir o’zlari tayyorlagan taqdimotlar bilan qatnashdilar. Talabalar tomonidan berilgan qiziqarli ma’lumotlar bilan o’rtoqlashdilar va barcha ma’lumotlarga o’z munosabatlarini bildirdilar. Dars yakunida M.B.Yusupova talabalarga tarjima qilish borasidagi o’z fikr-mulohazalarini va takliflarini bildirdi.