Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3151-sonli qarori ijrosini bajara borib, institut rahbariyati va viloyatdagi yirik ishlab-chiqarish korxonalari rahbarlari o’rtasida o’tkazilgan uchrashuv natijasida muayyan mutaxassisliklar bo’yicha malakali kadrlarning yetishmasligi hozirgi kunda OTMlarni bitirib chiqayotgan yosh mutaxassislarning malakasi va ishlab-chiqaruvchi korxonalardagi o’rnatilgan zamonaviy ishlab chiqarish vositalari o’rtasida tafovut mavjudligi, hamda ushbu masalaning yechimi sifatida Andijon mashinasozlik institutida tajriba tarzida saralab olingan iqtidorli talabalardan tashkil topgan guruhlarni tashkil etish, bu guruhdagi talabalar uchun mashg’ulotlarni yetakchi horijiy OTM o’quv dasturlari hamda yuqorida qayd etilgan ishlab-chiqarish korxonalarining talablari asosida ishlab chiqilgan mahsus O’quv dasturlari asosida darslarni ingliz tilida olib borish hamda ishlab chiqarish bilan uzviy bog’liq holda tashkil etishga kelishilgan edi.

Bundan tashqari  Vazirlikning kichik majlislar zalida 2018 yilning 06 mart kuni bo’lib o’tgan yig’ilishda o’quv ishlari bo’yicha prorektorlarga berilgan topshiriqda ham o’z aksini topib, yo’nalish(mutaxassislik) kafedralari tomonidan   Kadrlar buyurtmachilari bo’lgan ishlab chiqarish korxonalarining bitiruvchilar sifatiga  bo’lgan talablari o’rganilgandi.

SHulardan kelib chiqib Andijon mashinasozlik instituti talabalari orasida qo’shimcha ravishda “Iqtidorli talabalar guruhlari”  yangidan shakllantirilishi to’g’risida ma’lumot e’lon qilinganidan so’ng ushbu tashkil qilinayotgan guruhlarda o’qish istagini bildirgan jami 60 nafardan ortiq  talabadan dekanatlarga talabnomalar kelib tushdi. Ushbu talabnomalar asosida talabgorlar ro’yhati shakllantirildi va sinovlar tashkil etildi. Sinovlar uchun savollar kitobchalari va javoblar varaqalari chop etildi. 2018 yil 16 mart kuni Andijon mashinasozlik instituti 1 va 2-bosqich talabalari orasidan yangi shakllantirilayotgan «Iqtidorli talabalar guruhlari» uchun saralash tanlovi bo’lib o’tdi. Tanlov 3 bosqichda amalga oshirildi: 1-bosqich – GRE (Graduation Records Examination); 2-bosqich – BMCT (Bennett Mechanical Comprehension Test) va 3-bosqich – belgilangan mavzu doirasida ingliz tilida insho yozish.

Saralash tanlovi natijalari 22-mart kuni institutning veb-sahifasi orqali e’lon qilinadi.