Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

       2018 yil 14 mart kuni Andijon mashinasozlik instituti «Mashinasozlik fakulteti» binosidagi Tehnologiyalar markazida “Xorijiy tillar” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan “Debater Union” klubining ikkinchi uchrashuvi bo`lib o`tdi. Dastlab Akademik litsey va kasb hunar kollejlari bilan ishlash bo`yicha prorektor A.Ermatov kirish so`zi bilan ishtirokchilarni qutladi. “Xorijiy tillar” kafedra mudirasi N.Mirzayeva “Debater Union” klubi rivojiga o`z tilak va takliflari bilan ochib berdi. Bunda debat o`tkazish tartibi va baholash mezonlari haqida talabalarga to`liq ma’lumotlar tashkilotchilar tomonidan tushuntirildi. Muzokarada ingliz tiliga iqtidori bor, kelajakda eng yaxshi notiq bo`lishga intilayatgan talabalar ishtirok etdilar. Bu bosqichda Yusupov Saidabror va Abdumo’minova Nigoralar o`rtasida  Presidential debate turini talabalarga master-klass asosida ko`rsatib berdilar. Debat ishtirokchilarining bilimlari Nizamova Umida hamda Madrahimova Gulnozalar tomonidan baholandi va kerakli maslahatlar berildi. Debat qatnashchilari kafedra sovg’asi bilan taqdirlandilar. Uchrashuv baxs-munozaralarga va tortishuvlarga boy boldi.