Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Andijon Xalqaro biznes Markazida O’zbekiston tashqi savdo vazirligi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining “Savdo rivojlanishga ko’maklashish” loyihasi doirasida, Andijon viloyati metrologiya va standartlashtirish boshqarmasi hamkorligida O’zbekiston Respublikasida “GLOBALG.A.P. meva va sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarishni sertifikatlashtirish uchun asosiy talablar” mavzusida o’quv-treyning seminari bo’lib o’tdi.

Seminar davomida GLOBALG.A.P. standartining meva va sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarishni sertifikatlashtirish uchun asosiy talablari,  GLOBALG.A.P. bo’yicha sertifikatlashga qo’yilgan minimal talablar, O’zbekistonda yetishtirilgan meva sabzavotlarni tashqi bozorda raqobatbardoshliligini yanada oshirishning ayrim yo’llari kabi muhim masalalar yuzasidan baxs-munozaralar bo’lib o’tdi.

Yuqori saviyada o’tkazilgan respublika o’quv-treyning seminarida institutimiz MSMSM kafedrasi professor-o’qituvchilari va talabalari ham ishtirok etishib, mavzu yuzasidan o’zlarining fikr-mulohazalarini bildirib o’tishdi.