Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Vazirlikning kichik majlislar zalida 2018 yilning 06 mart kuni bo’lib o’tgan yig’ilishda o’quv ishlari bo’yicha prorektorlarga berilgan topshiriqdan kelib chiqib yo’nalish(mutaxassislik) kafedralari tomonidan   Kadrlar buyurtmachilari bo’lgan ishlab chiqarish korxonalarining bitiruvchilar sifatiga  bo’lgan talablari o’rganildi. Bitiruvchilar sifatiga ta’sir etuvchi “O’quv-me’yoriy xujjatlar sifati”, “Professor-o’qituvchilar sifati va salohiyati”,  “AKT va o’quv-uslubiy ta’minot holati va sifati”, “Moddiy-texnik baza(laboratoriya)”, “O’quv va ishlab chiqarish amaliyoti tashkil etilishi va sifati”, “Qabul kvotalarini shakllantirish tizimi”, “OTMning  boshqaruv tizimi” kabi savollar (faktorlar) yechimi Kadrlar buyurtmachilari bo’lgan ishlab chiqarish korxonalari, yo’nalish(mutaxassislik) kafedralari va institut o’quv-uslubiy bo’limi  nuqtai nazaridan o’rganildi, bitiruvchilar sifatini ta’minlash mexanizmi, hal qilinadigan vazifalar OTM, Vazirlik va Vazirlar Mahkamasi kesimida  belgilab olindi.

SHuningdek, talabalar amaliyotini tashkil etishni takomillashtirish, bitiruvchi yosh mutaxassis uchun  joylarda dastlabki mablag’ va yashash sharoitlari, bitiruvchilarga soliq imtiyozlari va preferentsiyalar, kadrlar tayyorlashda kvotalarni shakllantirish, ta’lim sohalari bo’yicha oshirilgan to’lov-kontrakt miqdorlari bo’yicha takliflar ishlab chiqilib Vazirlikka taqdim etildi.