Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N.Aripov raisligida 2018 yil 12 mart kuni o’tkazilgan respublika videoselektor yig’ilishida belgilab berilgan vazifalarning ijrosini ta’minlash bo’yicha 2018 yilning 18-19 mart kunlari o’tkazilgan umumxalq xayriya xasharida quyidagi ishlar amalga oshirildi.

Joriy yilning 18-19 mart kunlari umumxalq xayriya xashari kunida Andijon mashinasozlik institutida xashar uyushqoqlik bilan tashkil etildi.

Xasharda 1610  nafardan ziyod ishchi xodimlar ishtirok etdi, ularning 132  nafari  texnik xodim va jamoatchilar, 228 nafari pedagog xodimlar, 1250  nafarini talabalar tashkil etdi. Xasharchilarning g’ayrat-shijoati bilan 12,6 gektardan ortiq yer maydonida obodonlashtirish ishlari olib borildi, 780 metrdan ziyod uzunlikdagi ariq-zovurlar tozalandi, 2,7 tonnadan ziyod chiqindilar olib chiqib ketildi.

Shuningdek, xashar davomida 3 ta texnika jalb etilib, barcha xasharchilar yetarli darajada ketmon, lapotka va qo’shimcha asbob-uskunalar bilan ta’minlandi.

Bundan tashqari, institut hududlariga 750 dona terak ko’chatlari 330 dona manzarali daraxt ko’chatlari 65 tupga yaqin mevali daraxt ko’chatlari, 1500 dona gul ko’chatlari ekilib, 570 tupga yaqin daraxtlar oqlandi va ularga shakl berildi.