Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N.Aripov raisligida 2018 yil 12 mart kuni o’tkazilgan respublika videoselektor yig’ilishida belgilab berilgan vazifalarning ijrosini ta’minlash bo’yicha 2018 yilning 18 mart kuni o’tkazilgan umumxalq hayriya xasharida quyidagi ishlar amalga oshirildi.

Joriy yilning 18 mart kunlari umumxalq hayriya hashari kunida Andijon mashinasozlik institutida hashar uyushqoqlik bilan tashkil etildi.

Hasharda 1510  nafardan ziyod ishchi xodimlar ishtirok etdi, ularning 120  nafari  tehnik xodim va jamoatchilar, 220 nafari pedagog xodimlar, 1170  nafarini talabalar tashkil etdi. Hasharchilarning g’ayrat-shijoati bilan institutdagi 9,6 gektardan ortiq yer maydonida obodonlashtirish ishlari olib borildi, 380 metrdan ziyod uzunlikdagi ariq-zovurlar tozalandi, 1,5 tonnadan ziyod chiqindilar olib chiqib ketildi.

SHuningdek, hashar davomida 2 ta texnika jalb etilib, barcha hasharchilar yetarli darajada ketmon, lapotka va qo’shimcha asbob-uskunalar bilan ta’minlandi.

Bundan tashqari, institut xududlariga 110 dona manzarali daraxt ko’chatlari 45 tupga yaqin mevali daraxt ko’chatlari, 1100 dona gul ko’chatlari ekilib 470 tupga yaqin daraxtlar oqlandi va ularga shakl berildi.