Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

           “Innovative methods in teaching” mavzusidagi ilmiy-seminar “Xorijiy tillar” kafedrasi assistenti N.Nurmatova tomonidan o’tkazildi. Ushbu seminarda institutning Akademik litsey va kasb-xunar kollejlari bilan ishlash bo’yicha prorektori, dotsent Akmaljon Ermatov, “Xorijiy tillar” kafedrasi professor-o’qituvchilari hamda “Xorijiy tillar” kafedrasi qoshida tashkil etilgan “Debate club” klubiga a’zo talabalar qatnashdilar.

         Ilmiy seminarda ingliz tili o’qitishdagi bir nechta metod va yondoshuvlar haqida ma’lumotlar berildi. Jumladan, The natural approach, Communicative language teaching, Audio-lingual method, Total physical response, Lead-ins, Ice-breakers, Video scribe va boshqalar. Ingliz tili o’qituvchilari va talabalarga ana shu metodlarni o’rgatish hamda ularni dars jarayonida qo’llash seminarning maqsadi qilib qo’yildi. 

           O`tkazilgan ushbu seminar qizg`in savol – javoblarga boy tarzda bo`lib o`tdi.