Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

      O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan 2017 yil 28 oktyabrda tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarining harbiy qismlar bilan birgalikdagi faoliyatini tashkil etish va o’zaro hamkorligini kuchaytirish chora-tadbirlari dasturi”ning hamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 8 oktyabrdagi 87-02-3467-sonli modemnomasida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida 2018 yil 10 mart kuni institutning katta anjumanlar zalida O’zbekiston “Veteran” jangchi-faxriy va nogironlar Birlashmasi bilan hamkorlikda “Jasorat” madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

       “Jasorat” madaniy-ma’rifiy tadbirda O’zbekiston “Veteran” jangchi-faxriy va nogironlar Birlashmasi Andijon viloyat Kengashi raisi X.Qosimov, rais o’rinbosari, zaxiradagi podpolkovnik A.Axmedov, Toshkent shahar Veteran” jangchi-faxriy va nogironlar Birlashmasi raisi o’rinbosari B.Raxmatillaev, Andijon tuman bo’limi boshlig’i R.jalilov, Izboskan tuman Kengashi a’zosi A.Yuldashev, Andijon shahar Kengashi raisi o’rinbosari R.Yo’ldashev, “Vatanparvar fidoiylar” jamoasi direktori J.Gulyamov, badiiy rahbar A.Hamroev hamda istefodagi militsiya mayori Yu.Yakubjanovlar ishtirok etdilar.

       O’tkazilgan madaniy-ma’rifiy tadbir avvalida Prezidentimiz tashabbusi bilan Afg’on urushi qatnashchilari to’g’risida suratga olingan “Unutilmagan qahramonlar” nomli hujjatli video film namoyish etildi.

       Shuningdek, tadbir mehmonlari talabalarga Afg’onistonda bo’lib o’tgan fuqarolar urushi davrida olib borilgan janglar, ular bilan birgalikda jang qilib, halok bo’lgan safdoshlari, urush vaqtidagi xotiralari to’g’risida so’zlab berdilar.

       Tadbirda mustaqillikning ilk yillarida Vatan uchun jonini fido qilgan mard o’g’lonlar, sarhadlarimizni qo’riqlab, bizning mana shunday farovon hayotda, xotirjamlikda yashashimiz uchun zamin yaratib berayotgan, tinchligimizni ta’minlayotgan askarlar xususida ham so’z yuritildi.

      Shundan so’ng, “Vatanparvar fidoiylar” jamoasi badiiy rahbari, “O’zbekiston Vatanim manim”, “Mardlar qo’riqlaydi Vatanni”, “Yagonasan muqaddas Vatan” ko’rik-tanlovlari Oliy mukofoti svrindori, siyosiy vatanparvarlik qo’shiqlari kuychisi, zaxiradagi mayor A.Hamroev o’zining vatanparvarlik ruhidagi qo’shiqlari bilan barchaga hush kayfiyat ulashdi.

       O’tkazilgan “Jasorat” madaniy-ma’rifiy tadbirida jami 210 nafar talabalar va 40 dan ziyod professor-o’qituvchilar ishtirok etdilar hamda tadbir barchada katta taassurot qoldirdi.

       Tadbir so’nggida O’zbekiston “Veteran” jangchi-faxriy va nogironlar Birlashmasi tomonidan institut rektori Faxriy Yorliq bilan taqdirlandi hamda institut tomonidan O’zbekiston “Veteran” jangchi-faxriy va nogironlar Birlashmasi Tashakkurnoma bilan taqdirlandilar.

       Andijon mashinasozlik institutining professor-o’qituvchilar va talabalar jamoasi ko’tarinki ruhda o’tkazilgan “Jasorat” madaniy-ma’rifiy tadbiri uchun O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligiga hamda O’zbekiston “Veteran” jangchi-faxriy va nogironlar Birlashmasiga o’z minnatdorchiligini bildiradilar.