Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

YUNESKO va Xitoy xukumatining ”Buyuk Devor” deb nomlangan stipendiyasi haqida

 YUNESKO va Xitoy Xalq Respublikasi (XXR) xukumati 2018/2019 yil uchun ”Buyuk Devor” deb nomlangan stipendiyasi uchun tanlov e’lon qildi. Ushbu stipendiyalar dasturi doirasida XXR oliy ta’lim muassasalarida tabiiy va texnik fanlar bo’yicha bir yillik ilmiy tadqiqot olib borish uquv kursi tashkil etiladi. Tanlov g’oliblarining Xitoyda tahsil olishi, borish-kelish aviachiptalari va boshqa barcha xarajatlari YUNESKO va XXR xukumati tomonidan qoplanadi.

Tanlovda ishtirok etishni istagan nomzodlar oliy ta’lim muassasasi bilan kelajakda o’z faoliyatini bog’lashga intilgan stajyor-tadqiqotchi, yosh o’qituvchilar orasidan tanlab olinishi maqsadga muvofik deb xisoblaymiz. Nomzodlar magistr darajasiga ega va 45 yoshdan oshmagan bo’lishlari, ingliz tilini yuqori darajada bilishlari talab etiladi.

Nomzodlar quyidagi xujjatlarni Oliy va O’rta-maxsus ta’lim vazirligiga topshirishlari kerak:

  1. To’ldirilgan anketa 3 nusxada (3 ta rasm bilan birga);
  2. Diplom (ilovasi bilan birga) notarial tasdiqlangan nusxasi

(ingliz tiliga tarjima qilingan holda, uch nusxada);

  1. Xitoy universitetlarining biridan kelgan taklifnoma (agar oldindan ushbu universitet bilan aloqa o’rnatilgan bo’lsa nusxada)
  2. Nomzod faoliyati bilan yaqindan tanish bo’lgan 2 nafar professor yoki o’qituvchiladan tavsiyanomasi (3 nusxada, ingliz tilida);
  3. Ilmiy tadqiqod loyihasi (3 nusxada, 500 so’zdan iborat, ingliz tilida);
  4. Ingliz tilini bilish darajasi bo’yicha sertifikat (ilovadagi maxsus shakl bo’yicha — 3 nusxada);
  5. Tibbiy ma’lumotnoma (ilovadagi maxsus shakl bo’yicha — 3 nusxada)

Tanlov shartlariga oid qo’shimcha ma’lumotni quyidagi manzildan olishingiz mumkin.

www.csc.edu.cn/laihua

www.camruschina.org      

 

Mazkur tanlovda ishtirok etish uchun  bitta nomzod rektor xati bilan vazirlikning xalqaro aloqalar bo’limiga 2018 yilning 12 martigacha topshirishlari shart.