Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

       2018 yil 7 mart kuni institutning katta anjumanlar zalida 8 mart – “Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan “Ayolga ehtirom” mavzusida tantanali yig’ilish va bayram dasturi tashkil etildi.

      Tadbirning rasmiy qismida institut rektori U.R.Salomov andijon viloyat hokimi Sh.Abduraxmonovning institutda faoliyat olib borayotgan ayol professor-o’qituvchilari va ishchi xodimlariga yo’llagan bayram tabrigini o’qib eshittirdi hamda barcha yig’ilgan ayol professor-o’qituvchilarni bayram bilan muborakbod etdi.

      Tantanali yig’ilishning badiiy qismida O’zbekiston yoshlar ittifoqi institut boshlang’ich tashkiloti hamda faollari tomonidan tayyorlangan bayramona kuy va qo’shiqlar ijro etildi.

      Bayram tadbirida jami 250 dan ziyod ayol professor-o’qituvchilar va ishchi xodimlar ishtirok etdilar. tadbir barchada katta taassurot qoldirdi.