Andijon mashinasozlik instituti rektorining 2017 yil 19 dekabrdagi 710–sonli buyrug’iga asosan “Fizika va kimyo” kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent G.Umarova tomonidan institut akademik litseyining 1-kurs «Aniq fanlar» yo’nalishi o’quvchilariga «Fizika» fanidan rus tilida ochiq dars mashg’uloti o’tkazildi.
Ushbu ochiq dars mashg’uloti zamonaviy axborot texnologiyalaridan unumli foydalangan holda hamda videoma’ruza shaklida o’tkazildi.