Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf
Andijon viloyati hokimi Sh.K. Abduraxmonovning 2018 yil 27 fevral kuni bergan topshirig’iga asosan O’quv ishlari bo’yicha prorektor Q.Ermatov rahbarligidagi bir guruh professor-o’qituvchilar Paxtaobod tumani Toshqo’rg’on mahalla fuqarolari yig’ini o’ramidagi xonadonlarda bo’lib obodonlashtirish ishlari o’rganilmoqda. Toshqo’rg’on M.F.Y. da 2483 ta aholi, 403 ta xonadon, 745 ta oila va 8 ta ko’cha mavjud bo’lib, ishchi guruh Toshqo’rg’on M.F.Y.ning J. Manguberdi, Toshqin, Sug’diyona ko’chalaridagi har bir xonadonlarga kirib obodonlashtirish bo’yicha topshiriqlar berdi. Olib borilgan tushuntirish ishlar natijasida J. Manguberdi ko’chasidan 51 ta xonadon, Toshqin ko’chasida 10 ta xonadon, Sug’diyona 17 ta xonadonda ko’cha devorlari oqlandi, rang berildi va ariqlari chopilib, tomorqalari tartibga keltirildi.