Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Institutning «Mashinasozlik» fakulteti va “Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti” kafedrasi tashabbusi bilan talabalar ilmiy uyushmasi o’z faoliyatini boshladi.

Kuni kecha uyushmaning dastlabki taqdimot yig’ilishi bo’lib o’tdi. Uni “MSMSM” kafedrasi mudiri M.Sattarov ochib berdi.

Yig’ilishda “O’zbekiston tarixi” kafedrasi professori U.Abdullaev, institut Xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i dots. Z.Jo’raev, “MSMSM” kafedrasi katta o’qituvchisi A.Niyozovalar so’zga chiqib, talabalar ilmiy uyushmasining faoliyatiga oid o’zlarining taklif va mulohazalarini bildirib o’tdilar.

Taqdimot davomida “MSMSM” kafedrasi assistenti B.Turg’unov tomonidan tayyorlangan uyushmaning maqsad va vazifalari, tuzilmasi, faoliyatini tashkillashtirish kabi masalalarni yorituvchi videorolik ishtirokchilarga namoyish etildi. Shuningdek, uyushmaning logotipi va shiori uchun tanlov e’lon qilindi.         

Taqdimot yakunida uyushmaning kelgusidagi faoliyatini tashkillashtirish, talabalarning ilmiy –tadiqoqot ishlari yuzasidan bahs-munozaralar bo’lib o’tdi.

X.Vasiev – Andijon mashinasozlik instituti, matbuot va axborot xizmati xodimi