Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

       Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 24 fevraldagi 87-02-363-sonli modemnomasida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida 2018 yil 28 fevralь kuni institutning katta anjumanlar zalida Andijon viloyat “OITSga qarshi kurashish” markazi mutaxassislari J.Ahmadalieva, L.Ahmedova, institut Xotin-qizlar Qo’mitasi raisi R.Yusupova hamda institut “Tibbiy shahobchasi” mutaxassisi A.Sultonovalar ishtirokida “Biz sog’lom turmush tarzi tarafdorimiz” mavzusida targ’ibot tadbiri o’tkazildi.

        Targ’ibot tadbirni institutning “Ma’naviyat va ma’rifat” bo’limi boshlig’i M.Xaliqova olib bordi hamda so’zni viloyat “OITSga qarshi kurashish” markazi mutaxassisi J.Ahmadalievaga berdi.

       J.Ahmadalieva o’z so’zida talaba-yoshlar o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, OIV/OITS kasalligi, giyohvandlik, ichkilikbozlik, tamaki chekish kabi illatlarni oldini olish, ular orasida ushbu illatlarning oldini olishga qaratilgan targ’ibot tadbirlarini muntazam ravishda amalga oshirib borishlik hususida to’htaldi.

       Tadbir davomida Andijon viloyat “OITSga qarshi kurashish” markazi tomonidan chop etilgan “Ogoh bo’ling OIV/OITSdan saqlaning” hamda “Xorijiy mamlakatlarga chiquvchilar uchun eslatma” nomli bukleti talabalarga tarqatildi.

        Tadbirda mutaxassis L.Ahmedova OITS va OIVning salbiy oqibatlari to’g’risida talabalarga tushunchalar berildi. Tadbir mazmunli va yuqori saviyada o’tkazildi hamda talabalar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berildi. Tadbirda mavzuga oid ko’rgazmali vositalardan foydalanildi.

        Tadbirda institutning 18 nafar professor-o’qituvchilari hamda 210 dan ziyod talabalari faol ishtirok etdilar.

        Tadbir so’nggida institut professor-o’qituvchilari va talabalari orasida OIV/OITS profilaktikasi bo’yicha o’tkazilgan targ’ibot-tashviqot tadbirlarini yuqori saviyada va mazmunli tashkil etganligi uchun viloyat “OITSga qarshi kurash” markazi mutaxassisi J.Mamadalieva institut rektorining tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.