Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PF – 4732 farmoni va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 20 avgustdagi 242-son «Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarori ijrosini institutda ta’minlash maqsadida 2018 yilning 23 fevral kuni Andijon mashinasozlik institutida o’quv ishlari bo’yicha prorektor Q.M.Ermatov hamda o’quv – uslubiy bo’lim hamda “Yer usti transport tizimlari” kafedrasi katta o’qituvchisi U.Xolmatov tomonidan mintaqaviy va tarmoq markazlariga mart-aprel oylarida qayta tayyorlash va malaka oshirishga boradigan pedagoglar uchun test sinovlari tashkil etildi. Mashinasozlik fakultetida joylashgan kompyuter sinflarida Prezident asarlari, Me’yoriy hujjatlar, Xorijiy til, pedagogik mahorat, Axborot texnologiyalari fanlari bo’yicha tuzilgan 480 ta test savollari bazasidan har bir tinglovchiga 100tadan iborat test savollari elektron tarzda taqdim etildi.

Bundan tashqari bitiruv ishi oldi amaliyotining tartibi hamda bitiruv ishini bajarish bo’yicha ma’lumotlar berildi va seminar trening o’tkazildi. Seminar trening muzokarali savol javob tariqasi olib borildi. O’qish davomida muomala madaniyati, malaka oshirish markazining qoidalariga qat’iy amal qilib yurishlari uqtirildi.