Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf
Andijon viloyati hokimligi huzuridagi “Zahiradagi kadrlar maktabi” institutning Mashinasozlik fakultetida 2018 yilning 24 fevral shanba kunidan o’z ish faoliyatini boshladi. “Zahiradagi kadrlar maktabi”ning ochilish tadbirini Andijon viloyat hokimligining tashkiliy –nazorat bo’limi mutaxassisi B.Yunusov olib bordi. Tadbirda viloyat faxriylaridan M. Yusupov, O’zbekiston Respublikasi senatori, O’zbekiston qahramoni, Oltinko’l iqtisodiyot kolleji direktori Sh.A.Mamatqulov, O’zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi deputatlari A.To’xtaboev va T.Karimov, Andijon shahar hokimi o’rinbosari, shahar xotin-qizlar qo’mitasi raisi R.Jo’raboevalar ishtirok etdi. Andijon mashinasozlik instituti nomidan o’quv ishlari bo’yicha prorektor Q.Ermatov, “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi professori Q.Muftaydinov va dotsent f.f.n. M.Nazarovlar “Zahiradagi kadrlar maktabi” va uning tinglovchilariga o’z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

“Zahiradagi kadrlar maktabi” rahbari, “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi katta o’qituvchisi A.Sotvoldiev tinglovchilarni maktab hayoti, ish rejimi va dars jadvali bilan tanishtirdi.