Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Tadbir institutning katta anjumanlar zalida bolib o`tdi. Tadbirda “Gedeon Rixter” tibbiyot kompaniyasining Andijondagi vakili shifokor gnikolog Zunnunova Nargiza Zokirovna, Xotin-qizlar qo`mitasi raisi R.Yusupova, Ma`naviyat bolimi boshlig`I M.Holiqova Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti xotin-qizlar kehgashi raisi M.Hojimuhammedova, institut hamshirasi O.Sultonova, o`qituvchi ayollar va talaba qizlar qatnashdilar.

      Yigilish davomida turmush yoshidagi va oilali qizlarga oid bo`lgan videorolik namoyish etildi. Erta turmush va uning salbiy oqibatlari, bepustlik va uning kelib chiqish sabablari, sog`lom farzandni dunyoga keltirish bilan bog`liq omillar, turli dori vositalaridan foydalanish tartiblari, shaxsiy gigiena kabi kerakli malumotlar yetkazib berildi.

       Kuni kecha Andijon viloyatiga yuqoridagi farmonni yetkazish maqsadida tashrif buyurgan O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vaziri A.Q.Shodmonov aytib otganidek bizning o`zbek ayollarimiz qizlarimizni turmush qurgunlariga qadar shifokorga olib borishni uyat sanashadi, bunday holatlarni oldini olish maqsadida qizlar uchun alohida tibbiy korik maskanlari faoliyat olib borishligi farmonda belgilanganligini ham aytib o`tildi.

       Yig`ilish davomida talaba qizlarni qiziqtirgan savollarga mutaxassis tamonidan javoblar berildi.Yig`ilish tashkilotchilari va ishtirokchilari hozirgi kunda eng dolzarb muommoga aylanib borayotgan bepushtlik va onkologik kasalliklarni oldini olish bo`yicha talaba yigitlarga ham shifokorlar ishtirokida davra suhbatlari tashkil etilishiga istak bildirdilar.Yig`ilish yakunida N.Z.Zunnunovaga institut rektorining tashakkurnomasi topshirildi.