Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Yig`ilish tuman hokimligining  katta anjumanlar zalida bolib o`tdi. Tadbirda Tuman hokimining o`rinbosari, Xotin-qizlar qo`mitasi raisi I. Sotvoldiyeva, tumandagi barcha faollar, institutdan ishchi guruh a`zolari R.Yusupova, A.Ermatov, M.Hojimuhammedovalar qatnashdilar.

Tumanda Xotin-qizlarni qo`llab-quvvatlash va Oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish yuzasidan olib borilayotgan ishlar, ularga yaratilayotgan sharoitlar o`rganildi. Yigilish davomida ushbu farmon yuzasidan taqdimot yigilganlar e`tiboriga havola qilindi. Ushbu Farmon yuzasidan Xotin qizlarga yaratilgan barcha shart-sharoitlar va ularning vakolatlaridan kelib chiqib javobgarlikning aniq chegarasi belgilanganligi ham aytib o`tildi. Qabul qilingan Farmon yuzasidan barcha ma`lumotlar yig`ilganlarga yetkazildi. Yig`ilganlarning taklif va mulohazalari tinglandi. Tuman faollariga ushbu Farmonni manzilli tadbirlar rejasini ishlab chiqib, uning joylardagi ijrosini muntazam ta`minlab borish topshirildi.

Tumandagi faol ayollardan so`zga chiqqanlar Prezidentimizning Xotin-qizlarga bergan e`tibori uchin  ularga yig`ilganlar nomidan tashakkurini izhor etdilar.