Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining 2018 yil 3 yanvardagi 08-1-sonli va O’zbekiston Respublikasi Bosh Vazirining 04.01.2018 kundagi №24/1-6 xatlariga muvofiq Andijon mashinasozlik institutida joriy yilning 23 fevral kuni O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi (akademik) Toshkent davlat texnika universiteti professori Allaev Qaxramon Raximovich va institut professor-o’qituvchilari, magistrantlari hamda talabalari bilan uchrashuv o’tkazildi.

Tadbirda Andijon Davlat universiteti professori, O’zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi S.Zaynobiddinov, Andijon mashinasozlik instituti professor-o’qituvchilari, yosh olimlar, magistrantlar, iqtidorli talabalar va ommaviy axborot vositalari ishtirok etdi.

Davra suxbatida Allaev Qaxramon Raximovich so’z olib, yurtimizda barcha soxalarda erishilayotgan yutuqlar, ta’lim tizimidagi o’zgarishlar, yosh olimlar va iqtidorli talabalarni ilmiy faoliyatini yanada jonlantirish borasida fikr mulohazalarini bildirib o’tdi. SHuningdek, notiq tomonidan yurtimizda energetika sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, yutuq va kamchiliklar, o’z yechimini kutayotgan muammolar haqida ham ta’kidlab o’tildi.

Andijon mashinasozlik institutining o’quv ishlari bo’yicha prorektori Q.Ermatov akademik Allaev Qaxramon Raximovichga institut nomidan o’z minnatdorchilik bildirib, tadbirda institut professor-o’qituvchilari, magistrantlari, talabalar uchun kerakli ma’lumotlar berilganligi, bu esa ularning kelgusidagi pedagogik faoliyatida katta samara berishini bildirdi.

Uchrashuv davomida Andijon mashinasozlik instituti professor-o’qituvchilari, magistrantlari va talabalari o’zlarining qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.