Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

2018 yil 23 fevral kuni Andijon mashinasozlik instituti «Mashinasozlik fakulteti» binosidagi faollar zalida “Xorijiy tillar” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan “Debater Union” klubining birinchi uchrashuvi bo`lib o`tdi. Muzokarada ingliz tiliga iqtidori bor, kelajakda eng yaxshi notiq bo`lishga intilayatgan talabalar ishtirok etdilar. Dastlab Yusupov Saidabror so’zga chiqdi va debat haqida o’z fikr – mulohazalari bilan o’rtoqlashdi, talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berdi shuningdek qo’shimcha ma’lumotlarni @Debater_Union telagramm tarmog’i orqali olishlari haqida aytib o’tdi. Debat o`tkazish tartibi va baholash mezonlari haqida talabalarga to`liq ma’lumot berdi.

Yaqinda Qozog’iston Respublikasidagi  O’rta Osiyo Amerika Universitetida bo’lib o’tgan Xalqaro “British Parlamentary” baxs munozaralarida ishtirok etib, yurtimiz sharafini ximoya qilib qaytgan Abdumo’minova Nigora debat va uning turlari  haqida talabalarga tushunchalar berdi.