Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

       2018 yil 21 fevral kuni institutda O’zbekiston Respublikasi Birinchi prezidenti Islom Abdug’anievich Karimovning yorqin xotirasiga bag’ishlangan “Islom Karimov – O’zbekiston Respublikasining Birinchi prezidenti va buyuk davlat arbobi” mavzusida ko’rgazmali konferensiya bo’lib o’tdi.

      Konferentsiyada Andijon viloyati Xalq ta’limi muassasalari, o’rta maxsus ta’lim muassasalari va Oliy ta’lim muassasalarida tahsil oluvchi yoshlar bilan bir qatorda Toshkent Turin politexnika universtitetidan taklif etilgan iqtidorli yoshlar ham o’zlarining innovatsion ishlanmalari va maqolalari bilan ishtirok etishdi.

      Kunning birinchi yarmida ko’rgazmaga tashrif buyurgan mehmonlar ko’rgazmaga qo’yilgan ishlanmalar bilan tanishdilar. Kunning ikkinchi yarmida esa qatnashuvchi yoshlar o’zlari tayyorlab kelgan ishlanma va maqolalarini Hakamlar Hay’ati oldida himoya qildilar. Himoya ishlari yakuniga yetgach, majlislar zalida yakuniy yig’ilish bo’lib o’tdi. Unda dastavval Andijon mashinasozlik instituti hamda Toshkent Turin politexnika universtiteti rektorlari o’zaro hamkorlik memorandiumini imzolashdi. So’ngra, g’olib va sovrindorlar taqdirlandi.

      Ushbu ko’rgazmali konferensiyada institutning “Avtomobilsozlik va traktorsozlik” yo’nalishi, 3-bosqich talabasi Xomidov Anvarbek ilmiy rahbari “Avtomobilsozlik” kafedrasi o’qituvchisi Mo’ydinov Dilyorbek rahbarligi ostida o’zining “Avtomobil elektr yonilg’i nasosini sinovchi zamonaviy stendni yaratish” mavzusidagi maqolasi va ishlanmasi bilan ishtirok etdi. Kunning birinchi yarmida o’tkazilgan ko’rgazmada yaratilgan stend bilan barcha qiziquvchilarni tanishtirdi. Ushbu yaratilgan stend o’zining qulayligi va iqtisodiy tomonlama tejamkorligi bilan barcha mehmonlarning, xususan O’zbekiston yoshlar ittifoqi qoshida tashkil etilgan “Respublika yosh olimlar” tashkiloti rahbarlarining, Toshkent Turin politexnika universtiteti rektorining alohida e’tirofiga sazovor bo’ldi.

      Kunning ikkinchi yarmida o’z ishlanmasi va maqolasini Hakamlar Hay’ati va talabalar oldida tushuntirib, himoya qildi. Yakuniy natijalarga ko’ra Xomidov Anvarbek ushbu ko’rgazmali konferensiyaning Texnika yo’nalishi sho’basi bo’yicha “Talabalar o’rtasida eng yaxshi maqola va ishlanma” nominatsiyasi bo’yicha g’olibiga beriladigan Birinchi darajali Sertifikat bilan taqdirlandi.