Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

         2018 yil 19 fevral kuni institutning katta anjumanlar zalida Andijon viloyat IIB bilan hamkorlikda viloyatda 2018 yil 1 fevraldan 1 mart kuniga qadar “Yoshlar orasida narkotik moddalarni tarqalishiga qarshi kurash oyligi” munosabati bilan institutda “Talaba-yoshlar orasida giyohvandlik va uning salbiy oqibatlarini oldini olish” mavzusida yig’ilish o’tkazildi.

        Yig’ilishni institutning “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi rahbari M.Xoliqova kirish so’zi bilan ochib, ushbu tadbirga tashrif buyurgan mehmonlarni yig’ilganlarga tanishtirdi hamda so’zni Andijon viloyat ichki ishlar boshqarmasi “Jinoyat-qidiruv narkomaniya” bo’limi boshlig’i o’rinbosari Q.Abduraximovga berdi.

        Q.Abduraximov o’z so’zida, viloyatda 2018 yil 1 fevraldan 1 mart kuniga qadar “Yoshlar orasida narkotik moddalarni tarqalishiga qarshi kurash oyligi” munosabati bilan yoshlar orasida giyohvandlik va uning salbiy oqibatlarini oldini olish bo’yicha viloyatda olib borilayotgan chora-tadbirlar to’g’risida xususida yig’ilganlarga axborot berdi.

       Shundan so’ng yig’ilishda viloyat ichki ishlar boshqarmasi Kadrlar boshqarmasi bo’lim boshlig’i, podpolkovnik X.Abduraxmonov so’zga chiqib, giyohvandlik illatiga ruju qo’ygan kishilar va yoshlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarni ayanchli oqibatlarini yig’ilganlarga batafsil izohlab berdi, giyohvand moddalarni tarqalishini oldini olish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar, giyohvandlikka chalingan yoshlarning ota-onalarini yordam so’rab qilayotgan murojaatlari va bu xususida viloyat, shahar va tumanlarda olib borilayotgan amaliy ishlar hamda uning natijalari haqida atroflicha to’xtaldi.

        Shuningdek, podpolkovnik X.Abduraxmonov viloyat IIB tizimida faoliyat olib borishga qiziqayotgan institut talabalari uchun ichiki ishlar tizimi faoliyati, ishga qabul qilish tartiblari xususida ma’lumotlar berdi.

       Viloyat Psixonevrologiya dispanseri narkologiya bo’limi vrach-narkologi B.Yusupov yig’ilishda so’z olib, giyohvandlikning salbiy oqibatlari va uning ta’siriga tushib qolgan yoshlarning ayanchli holatlari, bu illatning yon-atrofidagilarga ta’siri hamda yoshlar orasida giyohvandlikning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar to’g’risida to’htalib o’tdi.

        Shundan so’ng, tadbir ishtirokchilariga “Ikki yo’l orasida” videofilmi namoyish etildi.

        Filmda ko’rsatilgan salbiy illatlar, giyohvandlikning salbiy oqibatlari, adashganlar qismati hamda bunday salbiy harakatlarga albatta jazo muqarrarligi xususida institut talabalari o’z fikr-mulohalarini bildirdilar.

        SHuningdek, institut “Ma’naviyat va ma’rifat” bo’limi boshlig’i yig’ilganlarga ushbu illatga qarshi hamjihatlik bilan kurashishlikka, talabalar orasida bunday holatlarga yo’l qo’ymaslikka hamda institutda bu borada o’tkazilayotgan tadbirlarning ta’sirchanligini yanada oshirish oldinda turgan muhim vazifalardan biri ekanligi haqida gapirib o’tdi.

        Yig’ilishda viloyat ichki ishlar boshqarmasi “Jinoyat-qidiruv narkomaniya” bo’limi boshlig’i o’rinbosari Q.Abduraximov, Andijon viloyat Psixonevrologiya dispanseri narkolog-vrachi B.Yusupov, Viloyat ichki ishlar boshqarmasi Kadrlar boshqarmasi bo’lim boshlig’i, podpolkovnik X.Abduraxmonov, Andijon viloyat Narkotik moddalarni tarqalitshini nazorat qilish mintaqaviy komissiyasi kotibi J.Mansurov, Andijon shahar IIB XPB TP PI katta leytenanti F.Yuldashev, “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi rahbari M.Xoliqova, O’zbekiston yoshlar ittifoqi institut boshlang’ich tashkiloti faollari, bo’lim boshliqlari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, professor-o’qituvchilar va talabalar, jami 187 nafar.