Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

2018 yil 17 fevral kuni institutning katta anjumanlar zalida yig’ilish o’tkazildi.

Ushbu yig’ilishni O’quv ishlari bo’yicha prorektor Q.Ermatov olib bordi. Yig’ilishda institutning 2018/2019 o’quv yili uchun qabul kvotasi bo’yicha ta’limning kunduzgi, sirtqi va kechki shakliga korxona va tashkilotlarning kadrlarga bo’lgan talab va extiyojlaridan kelib chiqib shakllantirilgan  ma’lumotlar Viloyatning iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmasiga taqdim etilganligi bildirildi.

Marketing bo’limi boshlig’i, fakultet dekanlari va yo’nalish kafedra mudirlariga o’z yo’nalishlari va mutaxassisliklari bo’yicha bakalavriat  ta’lim yo’nalishlarining kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shakllari  va magistratura mutaxassisliklari bo’yicha korxona va tashkilotlardan tushgan talab va ehtiyojlar sonini yana bir bor muvofiqlashtirish, va yetishmayotganlarini shakllantirish bo’yicha yo’l qo’yilgan kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha topshiriqlar berildi.

Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 10 fevraldagi 20-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to’g’risida nizom” talabalaridan kelib chiqib kelgusi tanlovlarda  barcha professor-o’qituvchilar fol qatnashishi lozimligi to’g’risida Kadrlar bo’limi boshlig’i Q.Mirzaev o’z so’zida to’xtalib o’tdi.

SHuningdek, fakultet dekanlariga va barcha kafedra mudirlariga 2017-2018 o’quv yilining kuzgi semestri yakuni bo’yicha 2-qaydnomalarni yakunlashlari xususida aniq ko’rsatmalar berildi. Yig’ilishda fakultet dekanlari, kafedra mudirlari va bo’lim boshliqlari qatnashdilar.