Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Navbatdagi yig`ilish “Mashinasozlik” fakulteti  talaba qizlariga fakultetning anjumanlar zalida o`tkazildi. Davra suhbatida institut Xotin-qizlar qo`mitasi raisi R.Yusupova, Mashinasozlik fakulteti xotin-qizlar kehgashi raisi N.Qurbonova, fakultet ma`naviy ishlar bo`yicha dekan o`rinbosari R.Ataxanov, ayol o`qituvchilar va talaba qizlar qatnashdilar.

N.Qurbonova yigilganlarga yuqoridagi farmonni matbuotda e`lon qilinganligini aytdi va o`qib eshittirdi.Muhtaram Prezidentimiz tamonidan Xotin-qizlarga yaratilayotgan imkoniyatlardan oqilona foydalanishga chaqirdi. Prezident respublikaning har bir tumanida qiynalgan xotin-qizlar uchun 4 qavatli uylar qurishga ko’rsatma berganligini, bunday uylar uchun to’lovning 25 foizlik qismi davlat tomonidan to’lab berilishini ma`lum qildi.

       Institut Xotin-qizlar qo`mitasi raisi R.Yusupova Prezident farmoniga ko’ra Zulfiya nomidagi davlat mukofoti ta`lim, fan, adabiyot, madaniyat, san`at, sport va jamoatchilik faoliyatida alohida yutuqlarga erishgan o’n to’rt yoshga to’lgan va o’ttiz yoshdan oshmagan iqtidorli qizlarga har yili Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan ikki nafar talabgorga berilishi belgilanganligini va «Mo’`tabar ayol» ko’krak nishoni ta`sis etilganligi, yiliga 28 nafar Zulfiyachi taqdirlanishini aytib o`tdi. Bu yil “Mashinasozlik” fakultetidan Zulfiya nomidagi davlat mukofoti  fan yo`nalishi bo`yicha viloyat bocqichida g`olib bo`lgan talaba  Hamdamjonova Mohinur Respublika bosqichiga chiqqanligi, hozirgi kunda ijobiy natijani kutilayotganligini talaba qizlarga faxr bilan yana bir bor ma`lum qildi.               Yig`ilish davomida bo`lgusi kelin, rafiqa hamda ona bo`luvchi qizlarimizning odob-ahloqi, ularga nutq, salomlashish, muomala madaniyatini yuksaltirsh mavzusidagi ma`ruzalar ham tinglandi.


        R.Ataxanov Farmonga ko’ra, O’zbekiston Xotin-qizlar qo’mitasi, O’zbekiston yoshlar ittifoqi, «Tadbirkor ayol» uyushmasining Xotin-qizlarni va oilani qo’llab-quvvatlash jamoat fondini tashkil etish to’g’risidagi taklif berilganligi unda belgilangan vazifalarni barchaga yetkazdi.So`zining davomida Andijon viloyati hokimining “To`y hashamlari haqidagi” murojatnomasini asos qilib “Baxtning formulasi yo`q” mavzusida ma`ruza qilib berdi.Yig`ilish yakunida talaba qizlarni qiziqtirgan savollariga  javoblar berildi.