Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Andijon mashinasozlik institutida 2018 yil “Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash” yili munosabati bilan “Innovatsion texnologiyalar, ta’lim bosqichlari integratsiyasi” mavzusida ko’rgazmalar tanlovi tashkil etildi.

Ko’rgazmali tanlovda Andijon viloyati hokimining o’rinbosari S.Ismoilov,  viloyatdagi oliy ta’lim muassasalarining prorektorlari va professor-o’qituvchilari, o’rta maxsus kasb-xunar ta’limi va xalq ta’limi boshqarmalarining vakillari, iqtidorli o’quvchi va talabalar ishtirok etdi.

Tadbirini institut rektori U.Salomov kirish so’zi bilan ochib berdi. Viloyat xokimi SH.Abduraxmonovni ko’rgazma ishtirokchilariga yo’llagan tabrik so’zini Andijon viloyati hokimining o’rinbosari S.Ismoilov yetkazdi.

Ko’rgazmali tanlov davomida viloyatdagi oliy ta’lim, o’rta maxsus va xalq ta’limi muassasalarida ta’lim olayotgan talaba va o’quvchilari  300 dan ortiq innovatsion g’oyalari va ishlanmalari bilan ishtirok etishdi.