Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

2018 yil 10 fevral kuni Andijon mashinasozlik institutining anjumanlar zalida yig’ilish o’tkazildi.

Ushbu yig’ilishni O’quv ishlari bo’yicha prorektor Q.Ermatov olib bordi. Yig’ilishda fakultet dekanlari, kafedra mudirlari va bo’lim boshliqlari qatnashdilar. O’quv ishlari bo’yicha prorektor Q.Ermatov tomonidan  O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 01.02.2018 kundagi №115 sonli buyrug’ini ijrosini ta’minlash bo’yicha 2016-2017 va 2017-2018 o’quv yillari bo’yicha joriy yilning 05 fevralda  o’tgan yig’ilishda ko’rsatib o’tilgan reyting qaydnomalari, reyting daftarchalarini to’ldirilishi, stipendiya komissiyalari bayonnomalari, buyruqlarini, barcha professor-o’qituvchilarning shaxsiy ish rejalari va o’quv jurnallarining to’ldirilish holati va yo’l qo’yilgan kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha fakultet dekanlari, kafedra mudirlari va bo’lim boshliqlarini hisobotlarini eshitdi va o’z fikr-mulohazalarini bildirib, konkret topshiriqlar berildi.

SHuningdek, Fakultet dekanlari,  yo’nalish kafedra mudirlari va marketing bo’limi boshlig’iga  2018-2019 o’quv yili qabul rejasi uchun bakalavriat  ta’lim yo’nalishlarining kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shakllari  va magistratura mutaxassisliklari bo’yicha korxona va tashkilotlardan tushgan talab va ehtiyojlar sonini muvofiqlashtirish, va yetishmayotganlarini shakllantirish bo’yicha yo’l qo’yilgan kamchiliklarni bartaraf etish uchun bir hafta muddat berildi.