Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

       2018 yil 10 fevral kuni institutning “Ma’naviyat va ma’rifat” bo’limi, O’zbekiston yoshlar ittifoqi institut boshlang’ich tashkiloti, “Xorijiy tillar” va “Ijtimoiy fanlar” kafedralari hamkorligida institutning katta anjumanlar zalida Alisher Navoiy tavalludining 577 yilligi munosabati bilan “Alisher Navoiy – millatimiz g’ururi” mavzusida davra suhbati o’tkzildi.

       Davra suhbatida “Xorijiy tillar” kafedrasi katta o’qituvchisi M.Abduraxmonova, “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi dotsenti Z.Aripovalar Alisher Navoiy hayoti va ijodiyotiga oid ma’ruzalar qildilar.

       Tadbir davomida Alisher Navoiyning hayoti va ijodiga bag’ishlangan hujjatli film namoyish etildi. “Navoiyni bilasizmi?” mavzusida viktorina savol-javoblari o’tkazildi hamda g’oliblar badiiy kitoblar va Faxriy Yorliq bilan taqdirlandilar. Tadbirning badiiy qismida institutning iqtidorli talabalari tomonidan Alisher Navoiy g’azallariga bastalangan kuy-qo’shiqlar hamda g’azallar ijro etildi. Tadbirda 20 dan ziyod professor-o’qituvchilar va 285 nafar talabalar ishtirok etdilar.