Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     2018 yil 9 fevral kuni institutning “Ma’naviyat va ma’rifat” bo’limi hamda O’zbekiston yoshlar ittifoqi institut boshlang’ich tashkiloti hamkorligida 1-talabalar turar joyida buyuk o’zbek shoiri va davlat arbobi Xazrat mir Alisher Navoiy tavalludining 577 yilligi munosabati bilan “Alisher Navoiy – millatimiz g’ururi” mavzusida tadbir tashkil etildi.

      Tadbirda institutning iqtidorli talabalari tomonidan tayyorlangan sahna ko’rinishlari va Alisher Navoiy g’azallariga bastalangan kuy-qo’shiqlar hamda g’azallar ijro etildi. Tadbir davomida Alisher Navoiyning hayoti va ijodiga bag’ishlangan hujjatli film namoyish etildi. Tadbirda 15 nafar professor-o’qituvchilar va 160 dan ziyod talabalar ishtirok etdilar.