Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Davra suhbati talaba qizlar istiqomat qiluvchi yotoqxonada o`tkazildi. Davra suhbatida institut Xotin-qizlar qo`mitasi raisi R.Yusupova, Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti xotin-qizlar kehgashi raisi M.Hojimuxammedova, yotoqxona pedagog tarbiyachilari A.Mirzakarimova, B.Yaqubova, navbatchi o`qituvchi S.Ataxonovalar va talaba qizlar qatnashdilar.

  Institut Xotin-qizlar qo`mitasi raisi R.Yusupova Prezident farmonini yana bir bor talaba qizlarga yetkazdi.Prezident farmoniga ko’ra, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti ta`lim, fan, adabiyot, madaniyat, san`at, sport va jamoatchilik faoliyatida alohida yutuqlarga erishgan o’n to’rt yoshga to’lgan va o’ttiz yoshdan oshmagan iqtidorli qizlarga har yili Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan ikki nafar talabgorga berilishi belgilanganligini va «Mo’`tabar ayol» ko’krak nishoni ta`sis etilganligi, yiliga 28 nafar Zulfiyachi taqdirlanishini aytib o`tdi. Talaba qizlarga yaratilayotgan sharoit,imkoniyatlardan kellib chiqib iqtidorli qizlar mukofotni qo`lga kiritishi zarur ekanligini buning uchun o`z ustida ko`p ishlab iqtidorlarini namoyish qilishlarini  ta`kidlab o`tdi.

M.Hojimuxammedova o`z so`zida Farmonga ko’ra, O’zbekiston Xotin-qizlar qo’mitasi, O’zbekiston yoshlar ittifoqi, «Tadbirkor ayol» uyushmasining Xotin-qizlarni va oilani qo’llab-quvvatlash jamoat fondini tashkil etish to’g’risidagi taklif berilganligi unda belgilangan vazifalarni barchaga yetkazgach bu xabar barcha ayollar,talaba qizlarni yanada ruhlantirdi.

     Davra suhbatidan so`ng ularni yotoq joylari va dars xonalari va boshqa foydalanish maskanlari ko`zdan kechirilib,  ular tozalikka qat`iy rioya qilishliklari shu bilan birga yotoqxonadagi shart-sharoitlardan oqilona foydalanish kerakligini aytildi.  Talaba qizlarni qiziqtirgan savollariga yetarlicha javoblar berildi.