Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

2018 yil 8 fevral kuni Andijon mashinasozlik instituti “Xorijiy tillar” kafedrasi o`qituvchisi Erkaboyeva Soadat  tomonidan “How to work on syllabuses for ESP Teaching in machine-building institute” (Maxsus maqsadlarda ingliz tilini o’qitish bo’yicha ingliz tili o’qituvchilari va mutaxassis fan o’qituvchilarining qabul qilinayotgan yangi o’quv dasturi bo’yicha  taklif, fikr va mulohazalar) mavzusida o`quv seminar o’tkazildi.

Ushbu o`quv seminarda Akademik litsey va kasb-hunar kollejlar bilan ishlash bo`yicha prorektor A.Ermatov, “Xorijiy tillar” kafedrasi hamda institutning bir qator mutaxassis professor-o’qituvchilar ishtirok etdilar.

O’quv seminarida ingliz tilini bevosita ishlab chiqarish bilan hamkorlikda talabalarning mutaxassisligiga oid ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda va interaktiv metodlardan keng foydalanib, o’rgatish lozimligi hamda ushbu metodlarga mos ravishda o’quv dasturlar bo’lishiga e’tibor qaratilish  kerakligi to`g`risida seminar ishtirokchilari tomonidan amaliy takliflar bildirildi.