Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

       2018 yil 8 fevral kuni institutning katta anjumanlar zalida “JO Smart Advice” kompaniyasi bilan hamkorlikda “Tadbirkorlikka ilk qadam” mavzusida trenning o’tkazildi.

     Trenningda institutning O’quv ishlari bo’yicha prorektori Q.Ermatov so’z olib, talabalarda tadbirkorlik ko’nikmalarini shakllantirish, tadbirkorlik faoliyatini olib borishida Hukumatimiz tomonidan mamlakatimizda yaratilayotgan shart-sharoitlar to’g’risida gapirdi.

        “JO Smart Advice” kompaniyasi rahbari J.Otaxonov ishtirok etib, kompaniyaning maqsadi, vazifasi va 2018 yil – “Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash yili” da kompaniya oldiga qo’ygan vazifalar xususida so’z yuritdi.

       Shundan so’ng talabalarni tadbirkorlik faoliyatini yo’lga qo’yishlari uchun kerakli maslahat va ko’rsatmalar berildi hamda talabalar tomonidan tadbirkorlikka oid biznes rejalar ishlab chiqish va o’z biznesini qanday yuritish xususidagi savollariga javoblar oldilar.

       Treningda jami 120 dan ziyod talabalar va O’zbekiston yoshlar ittifoqi institut boshlang’ich tashkiloti faollari ishtirok etdilar.