Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

      2017 yil 6 fevral kuni institutning kichik majlislar zalida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning «Xotin-qizlarni qo’llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi farmonining targ’ibot tadbiri o’tkazildi.

      Targ’ibot tadbirida Xotin-qizlar Qo’mitasi raisi R.Yusupova so’zga chiqib, yigilish qatnashchilariga muhtaram Prezidentimizning 2017 yil 22 dekabr kuni Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a`zolariga yo`llagan murojatnomasini o`qib berdi hamdа O`zbekistondagi Xotin-qizlar ahvoliga to`xtalib o`tganligi haqida axborot berdi.

     Shuningdek, R.Yusupova o’z so’zida, Farmonning mazmun mohiyati haqida to`xtalib o`tib, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning «Xotin-qizlarni qo’llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi farmonining mazmuni hamda unda belgilangan vazifalar xususida to’htalib o’tdi.

       Yig’ilish davomida ishtirokchilar «Xotin-qizlarni qo’llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi farmon yuzasidan o’z fikr-mulohazalarini bildirdilar.